O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov tizimda fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh xodimlarga davlat, vazirlik hamda boshqarmaning idoraviy mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
Bu yil
mustaqilligimizning 33 yillik bayrami «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak
– Vatanmiz!» shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Ushbu
sana munosabati bilan Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida ham o‘zgacha ajib shukronalik
va yurtga daxldorlik hissi bilan nishonlandi.
Boshqarma
binosida o‘tkazilgan bayram tadbiri video-selektor tarzida nishonlanib, unda viloyat
IIB boshlig‘i polkovnik Ismailov Timur Kamalatdinovich ishtirok etdi.
Dastlab,
sahnaga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tantanali ravishda olib kirilib,
Davlat madhiyasi ijro etildi.
Shundan
so‘ng, boshqarma boshlig‘i tomonidan ichki ishlar sohasi xodimlariga, xizmat vaqtida
halok bo‘lgan xodimlarning oila-a’zolariga, faxriylariga, professor o‘qituvchi va
murabbiylariga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan yo‘llagan
bayram tabrigini o‘qib eshittirib, o‘zining ezgu tilaklarini izhor etdi.
Tantanali
bayram tadbiri marosimida, xalqimiz osoyishtaligini, qonun ustuvorligi va tinchligini
ta’minlash, jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish
chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgan, sohada yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi
ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh
Ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi
munosabati bilan davlat, vazirlik hamda ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining idoraviy
mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek
marosimda, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy
tarkibi o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, eng iste’dodli va istiqbolli
kadrlarni aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish va qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash
maqsadida, o‘tkazilgan “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i”, “Eng
yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi” hamda “Eng yaxshi tezkor
xodim” ko‘rik tanlovi g‘oliblari, shu bilan birga Ichki
ishlar organlarida o‘zining samarali xizmati bilan alohida namuna ko‘rsatayotgan
xodimlar vazirlik idoraviy ko‘krak nishonlari, maxsus unvoni, boshqarma boshlig‘ining
pul hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Albatta
Davlatimiz hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan berilayotgan bunday
yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik har bir ichki ishlar organi xodimiga katta mas’uliyat
bilan birga, tunu kun o‘z ustida ishlash, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
borasida bor kuch-g‘ayratini bag‘ishlashga undaydi.