14 Dekabr 2023 yil 575

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan mahkumlar avf etildi.

Surxondaryo viloyatida ham afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova, Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘.Eshimova hamda tegishli tashkilot va idoralari mas’ullari tomonidan hududlarda avf etilgan xotin-qizlarning ijtimoiy muammolari o‘rganildi. O‘rganish davomida ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, aniqlangan muammolari hamda foydali mehnat bilan band qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ushbu xotin-qizlarning sog‘ligini profilaktika qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish maqsadida, ular uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

Text to speech