O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursining
kursantlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan uchrashuv
davomida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019 yil 30 sentabr kunidagi
“Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida
amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘ining 2024 yil 29 yanvar kunidagi tegishli farmoyishi talablariga
asosan, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari
tomonidan bitiruv malakaviy ish o‘rganish
amaliyotini o‘tashlarining o‘tgan bir oyi davomida amalga oshirgan ishlari muhokama
qilinib, amaliyot davrida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar, erishilgan yutuqlar
yuzasidan fikr mulohazalar yuritildi.
Shundan so‘ng, viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadarlar bilan ta’minlash xizmati
mas’ul xodimlari tomonidan Ichki
ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.