3 Aprel 2024 yil 458

O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansambli tomonidan Surxondaryoda konsert dasturi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 20 fevral kunidagi tegishli farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu asosda Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan san’atkorlar, xonanda va sozandalar hamda badiiy so‘z ustalari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari, nogiron bo‘lib qolgan xodimlar hamda faxriylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, konsert dasturlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Xuddi shunday Konsert dasturlari joriy yilning 3-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq hamda Muzrabot tumanlarining markaziy o‘yingohlarida tashkil etildi.

O‘tkazilgan konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan elimizning hushovoz san’atkor xonandalari hamda so‘z ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.

Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillaev boshchiligidagi san’atkorlar hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat qurishib, ularga sovg‘a salomlar ulashishdi.

Xalqimizning madaniy va ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun o‘tkazilayotgan konsert dasturi davom etmoqda.

Text to speech