O‘zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining konsert dasturlari vohaning Sherobod hamda Boysun tumanlarida davom etdi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi qo‘shiq va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida konsert dasturi o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan san’atkorlar, xonanda va sozandalar hamda badiiy so‘z ustalari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmatni o‘tash vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a’zolari, nogiron bo‘lib qolgan xodimlar hamda faxriylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, konsert dasturlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Har yilgi an’ananga muvofiq konsert dasturlari
Surxondaryo viloyatidan boshlandi. Konsert
dasturlari joriy yilning 3-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani
"Sport" majmuoasi hamda Boysun tumani Bibishirin mahallasidagi yozgi amfiteatrida
tashkil etildi.
O‘tkazilgan konsert dasturida O‘zbekistonda
xizmat ko‘rsatgan elimizning hushovoz san’atkorlari hamda so‘z ustalari tomonidan
ijro etilgan kuy qo‘shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari konsert dasturiga
tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Konsert dasturi yakunida, O‘zbekiston
Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig‘i podpolkovnik U.Tillaev boshchiligidagi
san’atkorlar hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat
vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari va farzandlari bilan dildan suhbat
qurishib, ularga esdalik sovg‘a salomlar elimiz suygan san’atkorlar tomonidan ulashishdi.
Xalqimizning madaniy va ma’naviy hordiq chiqarishlari uchun o‘tkazilayotgan konsert dasturi respublikamizning barcha viloyatlarida davom etadi.