O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursantlari bilan onlayn mahorat darsi tashkil etildi
2024 yilning 13 fevral kuni IIV Akademiyasi 1 va 2-o‘quv kurslarida tahsil
olayotgan kunduzgi ta’lim kursantlar bilan onlayn mahorat darsi o‘tkazildi.
Onlayn tarzida o‘tkazilgan mahorat
darsida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev,
boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Sh.P.Xudoyberiev, Boshqarma Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv
boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili
mayor S.M.Jo‘raev, boshqarma Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
S.P.Rashidov, IIV Akademiyasi boshlig‘ining maslahatchisi polkovnik I.I.Ximmatov,
IIV Akademiyasi magistraturasi tinglovchilari va kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok
etishdi.
IIV Akademiyasi boshlig‘i
tomonidan tasdiqlangan taqsimot jadvaliga asosan Hududiy ichki ishlar organlari
boshliqlari tomonidan IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistratura tinglovchilari
va kunduzgi ta’lim kursantlari bilan O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar
profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunining 35-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni
sodir etgan shaxslarni “Profilaktik hisob”ga olishda eng ko‘p yo‘l qo‘yilayotgan
kamchiliklar. Tashabbus bilan aniqlanadigan jinoyatlar, ularni aniqlashda yuzaga
kelayotgan to‘siqlar. Jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishda gumon qilingan shaxslarni
ushlab turish tartibi, ularni ushlab turishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va
natijada xodimlarga nisbatan qo‘llanilayotgan jazo choralari (misollar bilan) mavzularida
masster klass mahorat darslarida o‘z aksini topgan.
O‘tkazilgan masster klass mahorat
darsida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddi xodimlari tomonidan mavzuga oid
ma’ruzalar qilindi va amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan aniq misollar keltirildi.
Masster klass mahorat darsida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan
savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.