O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti yakuni bo‘yicha sinov imtihonlari qabul qilindi.
Kuni kecha Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabr kunidagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi
kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish
to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining
2024-yil 29-yanvar kunidagi farmoyishi talablariga asosan, Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasining kunduzgi ta’lim 3-o‘quv kursi kursantlari bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti bo‘yicha
yakuniy sinov imtihonlarini topshirishdi.
Yakuniy sinov imtihonlarida kursantlar tomonidan amalga oshirgan ishlar muhokamasi
ham o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlari tomonidan saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi
o‘tkazildi.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim
3-o‘quv kursi kursantlari bitiruv malakaviy
ish o‘rganish amaliyoti bo‘yicha yakuniy sinov imtihon jarayonlaridan so‘ng kursantlar
uchun Termiz shahridagi Tarix va madaniyat muzeyiga sayyohat tashkillashtirildi.
Muzeyda kursantlar tarixiy eksponatlar, yuritimizda mavjud bo‘lgan hayvonot, qushlar
va o‘simliklar dunyosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishib, katta
taassurotlar olishdi.