O‘zbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasining markaziy davolash-profilaktika muassasalari tor mutaxassis shifokorlari tomonidan foydali tibbiy maslahatlar berilmoqda.
Joriy yilning 22-23-may kunlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida shaxsiy tarkib o‘rtasisda jismoniy tarbiya va sog‘lom ovqatlanish orqali ortiqcha vazn ko‘rsatkichini kamaytirish maqsadiga qaratilgan o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Ushbu o‘quv yig‘inida, Vazirlik Tibbiyot boshqarmasi davolash-profilaktika
muassasalari yetakchi mutaxassis shifokorlari Nigora Muxamedalieva hamda Nargiza
Ikromovalar ishtirok etishib, ma’ruzalar qilishdi.
Unda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabr kunidagi
“Sog‘lom turmush tarzini hayotga tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar
organlarida ortiqcha vaznga ega bo‘lgan xodimlarning jismoniy,jangovor va kasbiy
bilimlarini oshirish hamda salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha maxsus o‘quv kursini
tashkil etish yuzasidan ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2024 yil 20 maydagi
tegishli farmoyishi bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida viloyatda
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB Tibbiyot bo‘limida “tana vazni me’yoridan
ortiq bo‘lgan “D” nazoratida turuvchi shaxsiy tarkibga jismoniy tarbiya va sog‘lom
ovqatlanish orqali ortiqcha vazn ko‘rsatkichini kamaytirish, sog‘lom turmush tarziga
rioya etishlari yuzasidan o‘zlarining tavsiyalarini berishdi.
O‘quv yig‘ini yakunida, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mutaxassislarga murojaat qilishib, ulardan atroflicha javoblar olishdi.