21 Oktyabr 2025 yil 84

O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida “Ona tili fan oyligi” doirasida hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan “Til – millat faxri” nomli davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni litsey MM va TIB direktor o‘rinbosari podpolkovnik A. J.Nurkeldiev ochib berib, o‘zbek tilining boy tarixi va xalqimizning ona tiliga bo‘lgan ehtiromi haqida so‘z yuritdi.

Davra suhbatida Termiz davlat universiteti professor o‘qituvchilari  filologiya fanlari doktori, professor N. T.Yo‘ldoshev hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent H. H.Bozorov milliy tilimizni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirdilar.

Tadbir ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirib, o‘zbek tiliga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Text to speech