10 May 2025 yil 266

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish o‘rganish amaliyoti yakuni bo‘yicha sinov imtihonlari qabul qilindi.

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabr kunidagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlarining bitiruv malakaviy ish oldi amaliyoti 2025-yilning 3-fevral kunidan 14-may kuniga qadar Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida tashkil etilgan edi.

Bunda IIV Akademiyasi kursantlariga amaliyot dasturini muvaffaqiyatli bajarishi, amaliyot faoliyatiga taalluqli ko‘nikmalarni shakllantirishi, mutaxassislik bo‘yicha mustahkam kasb mahoratini egallashi va takomillashtirishi, ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik faoliyati tajribasini orttirishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilib, har bir kursantlarga kasb sir asrorlarini mukammal o‘rganib, o‘zlashtirishlari uchun murabbiylar biriktirilib, malakaviy ish o‘rganish amaliyotini o‘tashdi.

Akademiya kursantlaridan bitiruv malakaviy ish oldi amaliyoti davomida olgan bilim va o‘zlashtirgan tajribalarini baholash  maqsadida, komissiya tarkibi tomonidan sinov imtixonlari qabul qilinib, ularning har bir faoliyatiga xolisona baholar berildi. Sinov imtihonlari natijalari yuzasidan IIV Akademiyasiga tegishli tavsiyalar yuborildi.

Text to speech