O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullaev rahbarligida ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘rganishlar olib borilmoqda
Ichki ishlar vaziri
o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullaev Surxondaryo viloyatidagi o‘rganish
ishlari davomida Sho‘rchi tumanidagi “Navro‘z” mahallasida bo‘lib, hududdagi “Huquq
tartibot maskani”da jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar, bu borada erishilgan natijalar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari faoliyati
bilan tanishdi. Shu bilan bir qatorda sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan
mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Shuningdek, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili
asosida faoliyat yuritayotgan nuroniylar bilan yoshlarning tarbiyasi, fuqarolarning
burch va mas’uliyati xususida suhbat qurdi.
Navbatdagi manzil
Sho‘rchi tumanidagi “Jarqishloq” shaharchasida joylashgan 125-sonli “Nurli maskan”
ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib, vazir o‘rinbosari 180 o‘ringa mo‘ljallangan
ta’lim muassasasidagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va o‘quvchilar
ishtirokida suhbat o‘tkazdi.
General-mayor Bekmurod
Abdullaev Denov tumani “Jomiy” mahallasida qurib bitkazilayotgan Ma’muriy qamoqqa
olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan “Maxsus qabulxona”ning
qurilish loyihasi jarayonlari bilan ham tanishib, o‘z taklif-mulohazalarini bildirib
o‘tdi.
Viloyat
bo‘ylab o‘rganishlar davom etmoqda.