1 Oktyabr 2024 yil 409

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida 1 oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuniʼʼ munosabati bilan “Ustozim - ulug‘ faxrim!ʼʼ shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bayram tadbir avvalida, akademik litsey direktori podpolkovnik B.Bo‘riev so‘zga chiqib, dargohda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etdi.

Bayram dasturi davomida, akademik litseyning iste’dodli o‘quvchilari o‘zlarining she’riy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari orqali ustoz va murabbiylarini e’tirof etishdi. Tadbir so‘ngida bilimga chanqoqligi hamda o‘z faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh o‘quvchilar  faxriy yorliq hamda badiiy kitoblar to‘planmalari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech