O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami oldidan Surxondaryo viloyati IIB apparati xodimalari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi
ichki ishlar vazirining joriy yil 6 avgust kunidagi farmoyishi
bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar vazirligi tizimida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz,
birlashsak-Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy,
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturining tegishli bandi
ijrosini shuningdek, shaxsiy tarkibning formali kiyim boshlarini o‘rnatilgan
tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo
viloyati IIB apparati xodimalari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Unda xodimalar
tomonidan joylarda o‘tkaziladigan bayram sayllarida jamoat tartibi va fuqarolar
osoyishtaligini ta’minlashda alohida jonbozlik ko‘rsatishlari zarurligi hamda xizmat
intizomi va qonuniylikka qat’iy amal qilishlari bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar
berildi.
Saf ko‘rigida shaxsiy
tarkibni Vazirlikning 2019 yil 8 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni
kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
buyrug‘ida belgilangan formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilishlari, tashqi
ko‘rinishi, xizmat guvohnomasi, Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi mavjudligi
hamda ularning saf tayyorgarlik darajasiga alohida
e’tibor qaratildi.
Aytib o‘tish joizki, o‘tkazilayotgan bu kabi saf ko‘riklari
ichki ishlar organlari xodimalarini har tomonlama turli vaziyatlarda xizmatga shay
turishlarini ta’minlaydi.