O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi Surxondaryo viloyati IIBda ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.
Bugun Termiz shahridagi Yoshlar ishlari agentligi binosida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” hamda O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda tizim faxriylari,
sohaviy xizmatlar mas’ullari, boshqaruv apparati xodimlari shaxsiy tarkibi
ishtirok etdi.
Tantanali tadbirda
so‘z olgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar Vazirining tizim xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek viloyat
IIB boshlig‘i Timur Ismailov ham jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash
qonun ustivorligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani ado etayotgan
Ichki ishlar organlari xodimlarini, faxriylarini, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning
oila a’zolarini sana munosabati bilan muborakbod etib, samimiy ezgu tilaklarini
yo‘lladi.
Tanatanali tadbir bahonasida xizmat burchini ado etishda safdoshlariga o‘rnak va namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziriniing tegishli buyrug‘i bilan faxriy yorlig‘i, ko‘krak nishonlari, qimmatbaho esdalik sovg‘alari, pul mukofotlari hamda kitoblar to‘plami bilan munosib rag‘batlantirildi.