O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriat fakulteti “Tergov faoliyati” yo‘nalishi harbiylashtirilgan soha bo‘yicha ta’lim olayotgan 1-kurs talabalari bilan malakaviy amaliyot oldi yig‘ilish o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida
tahsil olayotgan 1-kurs talabalari bilan amaliyot oldi yo‘riqnomaviy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Akademiyaning
“Tergov faoliyati” yo‘nalishi harbiylashtirilgan soha bo‘yicha ta’lim olayotgan
1-kurs talabalariga amaliyot davrida shaxsiy xavfsizlik choralariga,
fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya
etishlari yuzasidan tegishli yo‘riqnomalar hamda talabalarga amaliyot dasturini
muvaffaqiyatli bajarishlari, amaliyot faoliyatiga taalluqli ko‘nikmalarni shakllantirishlari,
mutaxassislik bo‘yicha mustahkam kasb mahoratini egallashlari va takomillashtirishlari,
ijtimoiy, tarbiyaviy hamda tashkilotchilik faoliyati tajribasini orttirishlari uchun
zaruriy sharoitlar yaratib berilishi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar
berildi.