O‘zbek tili — milliy g‘ururimiz!
Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida 21 oktabr – "O‘zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi
rahbariyati hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tarix fanlari kafedrasi
o‘qituvchilari ishtirok etib, davlat tilining rivojlanish bosqichlari, o‘zbek tilining
boy lug‘at zaxirasi va uning ilmiy hamda madaniy ahamiyati haqida ma’ruzalar bilan
chiqish qildilar. Davra suhbatida davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, yosh
avlod qalbida ona tiliga hurmat va iftixor tuyg‘usini shakllantirish masalalari
muhokama qilindi.
Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, ona tili – millatning ruhi va o‘zligidir. Unga ehtirom ko‘rsatish, uni sof holda asrab-avaylash har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Shu bois, xodimlar ona tilida sof va ravon yozish, rasmiy yozishmalarda adabiy til me’yorlariga amal qilish, nutq madaniyatini yanada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.