Zaxiraga olingan xodimlar uchun o'quv tashkil etildi
Ayni paytda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida shahar-tuman IIB boshlig'i lavozimlariga zaxiraga olingan 11 nafar xodim uchun o'quvlar bo'lib o'tmoqda. O'quvlarda ishtirokchilar o'zlarining zarur bilim-ko'nikmalarini oshirmoqda.
Aytish kerakki, belgilangan lavozim uchun zaxiraga sohaviy xizmat rahbarlari bilan kelishilgan holda ijobiy tavsiflangan, rahbarlik lavozimlarida ikki yil va undan ortiq muddatdan buyon xizmat qilib kelayotgan xodimlar tanlab olingan.
Kuni kecha xodimlar Angor tumani IIBda tashkil etilgan o'quv mashg'ulotlarida sektor faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi. Unda sektor faoliyati doirasida bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi. Shuningdek, kelgusida rahbarlik lavozimlariga tayinlanganda, ishni nimadan boshlashi, xizmat jarayonlarida qaysi jihatlarga e'tibor qaratishlari lozimligi, sektorda mavjud muammolarni hal etish borasida ishni qanday tashkil etish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ham o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati