12 May 2020 yil 776

Zavq va hayajonga to'la shukronalik

Yurtimizda bugun shunday Sanaki, o'tganlar xotirlanib, keksalari yanada qadr topadigan kundir.
9 may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan ulug'Vatan urushi qatnashchisi, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan 100 yoshni qarshilagan iste'fodagi katta leytenant Xurram bobo Murtazoevning holidan xabar olinib, "9 may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan O'zbekiston Resrublikasi ichki ishlar vazirining tabrigi o'qib eshittirili, ichki ishlar vazirining 3 million so'm miqdoridagi pul mukofotlari, esdalik yubiley medallari topshirildi.
Tinchlik va dorilomon kunlarning qadrini ulug'bilgan urush faxriysi Xurram bobo Murtazoev xonadoniga tashrif buyurgan mehmonlarga hamda Vatan tinchligi uchun qilgan xizmatlari davlatimiz rahbari qolaversa ichki ishlar vaziri tomonidan yuksak baholanib, bayram munosabati bilan yo'llagan tabriklari uchun alohida minnatdorchilik bildirib, buning ortidan hayoti davomida olayotgan eng zavqli va hayajonli, shukronalik lahzalarini tuhfa etayotganligidan xursandligini bildirdi.
Shuningdek, ichki ishlar tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hozirgi kunda nuroniylik gashtini surayotgan faxriylar xonadoniga ham tashrif buyurilib, 9 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etdi.
"9 may – Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan barcha urush faxriylari va front ortida xizmat qilgan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech