24 Sentyabr 2021 yil 436

Zarif janjal oqibatida qasddan badanga og'ir shikast yetkazdi

Uzun tumanida 2021 yil 23 sentyabr kuni soat 15.00 larda, shu tumanda yashovchi, M.Zarif opasi, M.Xalimani tuman tibbiyot birlashmasida yotganligidan xabar topib, pochchasi, M.Abdug'ani bilan opasini nima uchun urganligini bilish maqsadida, mahallasi hududida joylashgan pochchasi, M.Abdug'aniga tegishli bo'lgan milliy taomlar oshxonasiga borib, ovqat pishirish xonasida, pochchasi bilan o'zaro janjallashib qolib, o'sha erda bo'lgan pochchasining akasi, M.Abdusalimni "urmoqchi!- deb o'ylab, ushbu vaqtda o'zini himoya qilish maqsadida cho'ntagida olib yurgan oshxona pichog'i bilan jaxl ustida M.Abdusalimning ko'krak qafasiga urib, "hayot uchun xavfli og'ir" tan jarohati etkazgan. 23 sentyabr kuni M.Zarifga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "ye,l" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech