8 Aprel 2021 yil 530

Zarbdorlik bezoriga jinoiy ish ochildi

Qiziriq tumanida 2021 yilning 7 mart kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, tumanning "Oqjar" mahallasi hududida joylashgan dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi mayda shoxli mollar bozori yonida, tumanning "Zarbdor" mahallasida yashovchi, O'.S. jamiyatda yurish turish qoidalarini va atrofdagi odamlarni mensimasdan, o'z bilganicha hatti harakatlari bilan tumanning "shodlik" mahallasida yashovchi, E.O. bilan o'zaro janjal qilib, uni qo'l va oyoqlari bilan urib-tepib, "o'rtacha og'irlikda"gi shikastlar etkazgan. Natijada bezorilik qilgan zarbdorlik O'.S.ga nisbatan 27 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech