1 Iyun 2021 yil 507

Zahri qotil shaydosi qo'lga olindi

Qumqo'rg'on tumanida 2021 yilning 25 may kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Surxon sohili" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, tumanning "yangi shahar" mahallasida yashovchi, T.Jamshidning yonidan sof vazni 3.76 gr "marixuana", hamda 0.12 gramm "opiy" giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 28 may kuni T.Jamshidga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech