20 Iyun 2020 yil 744

"YouTube"ning Bahodir brat kanalida namoyish etilgan" ikki ismli xodim... SURXONDARYODA DISLOKASIYA MASHMASHASI DAVOM ETADI..."nomli lavhasiga M A ' L U M O T N O M A

Surxondaryo viloyati IIB YHXB, 2020 yil 23 yanvar kuni soat taxminan 17 lar chamasi Termiz shahri R. Soatova ko'chasidan Surxondaryo viloyati IIB YHXB ma'muriy binosigacha bo'lgan hududga kunlik dislokasiya asosida biriktirilgan hodimlar, jumladan YPXO 1-s/g inspektori safdor Sh. Usmonov va viloyat YHXB matbuot guruhi inspektori safdor E. Abraevlar tomonidan to'htatilgan avtomashina haydovchi va uning sherigi orasida sodir bo'lgan holat yuzasidan hozirda Surxondaryo viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi, fuqaroning e'tirozi va xodimlarning hatti-harakati, voqeaning asl sabablari o'rganilib, qonuniy to'htamga kelinib, natijasi bilan tez orada rasmiy munosabat bildirilishini ma'lum qiladi.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Text to speech