17 Iyul 2021 yil 489

Yotoqxonadan o'g'irlangan telefon topildi

Termiz shahrida 2021 yilning 21 iyun kuni shaharning "Majnuntol" mahallasida yashovchi, q.Shuxrat Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 20 iyun kuni soat 06.30 larda, narxi 13.741.000 (o'n uch million etti yuz qirq br ming) so'mlik 1 dona "Iphone 12 Pro Max" rusumli qo'l telefonini uyining yotoqxonasidan noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlik jinoyatini shu mahallada yashovchi, yollanma ishchi, Ch.Najmiddin sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 3 iyul kuni Ch.Najmiddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIYU axborot xizmati

Text to speech