11 Iyul 2020 yil 645

Yoshlikni hazonga aylantirgan o'simlik

Denov tumanida 2020 yilning 1 iyul kuni taxminan soat 16.50 lar chamasida, tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Bobur" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi 26 yoshli N.N.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomorqasidan 19 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi va yashash xonadonidan saf vazni 7.62 gramm quritilgan nasha giyohvanlik vositasi borligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan, 4 iyul kuni N.N.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech