Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – dolzarb vazifadir
Bugun, 3-sektor hududiga qarashli "Cho'yinchi" mahallasida joylashgan 56-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida sektor rahbari, tuman Ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik O'.Shukurov, tuman Xalq ta'lim bo'limi mudiri o'rinbosari R.Raimov, maktab direktori F.Qosimov ishtirokida o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Unda 3-sektor hududida joylashgan barcha umumta'lim maktablarining chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani o'qituvchilari hamda ushbu maktabning 11-sinf o'quvchilari qatnashdi. Uchrashuvda, yoshlarga harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi umumiy tarbiyaning tarkibiy qismi ekanligi, bunda yoshlarning Vatanga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak mas'uliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo'lgan ijobiy fikrlarini yanada oshirish, harbiy xizmat nufuzini ko'tarish, yoshlarning jismonan sog'lom, ma'naviy yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi ezgu ishlarga da'vat etuvchi tushunchalar berildi.