Yoshlarni giyohvandlik balosidan asraylik
Uzun tumani "Chinor" mahallasida joylashgan uzun Pedagogika kollejida joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar "yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va OIV infektsiyasiga qarshi kurashish" oyligi o'tkazilayotganligi munosabati bilan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda uzun tumani IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari B.Sh.Melikulov, tuman IIB JQB katta tezkor vakili B.M.Safarov, tuman IIB XPB katta inspektori B.Sherov, "Chinor" mahalla profilaktika inspektori I.S.Xujayorov va kollej deriktori S.M.Xudoyberdievlar ishtirok etdi.
Yig'ilishda "yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va OIV infektsiyasiga qarshi kurashish" oyligini keng qamrovda tashkil etish va ijobiy samaradorlikka erishish yuzasidan talaba yoshlar ishtirokida "yoshlar - giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida o'tkazilgan uchrashuvda insoniyatni tanazzul sari etaklovchi og'ufurushlikning salbiy oqibatlari to'g'risida yoshlarning tushunchalarini boyitish hamda ularda giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada kuchaytirish borasida mutaxassislar hayotiy misollar orqali o'z fikr mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir davomida maxsus tayyorlangan "o'zini yo'qotganlar" nomli videolavha talaba yoshlar e'tiboriga havola etildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati