28 May 2021 yil 483

Yoshlar uzun tumani 3-sektor rahbari kubogi uchun bellashishdi

Sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida, uzun tumanidagi 3-sektor hududidagi yoshlar o'rtasida sportning "taekvon-do ITF" turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi. Uzun tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik Mirmuhammed Ishkaraev kubogi uchun o'tkazilgan musobaqada ishtirokchilar o'zaro kuch sinashishdi.
Aytish kerakki, uzun tumani 3-sektor xududiga 12 ta mahalla biriktirilgan bo'lib, ushbu mahallalarning barchasida ertalabki badantarbiya va ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish uchun 24 nafardan sport bo'limining malakali trenerlari biriktirilgan. Ular yoshlarni sport bilan muntazam shug'ullanishlariga ko'maklashishmoqda.
Hududdagi mahallalarda 5 ta mini stadionlar tashkil etilgan bo'lib, 7 ta "vorkaut", 7 ta "Stritboll" o'rnatilgan. 1223 nafar yosh sport bilan muntazam shug'ullanmoqda. Natijada sektor hududida joylashgan "Fayzova" mahallasida istiqomat qilib kelayotgan yosh sportchilardan Temurbek Choriev, Nargiza Shoimova, Muhammadali Menglimurodov, "Oqtumshuq" mahallasida istiqomat qilib kelayotgan yosh sportchilardan Jasmina Tangirova hamda Umid To'xtarovlar sportning "taekvon-do ITF" turi bo'yicha respublika chempionatida faxrli o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
3-sektor rahbari kubogi uchun o'tkazilgan musobaqada ham bellashuv qizg'in kechdi. Kuchlilar raqiblari ustidan g'alaba qozonishdi. G'oliblar diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech