10 Iyun 2022 yil
499
Yoshlar oyligi IIV akademik litseyida qizg‘in o‘tmoqda
Joriy yilning 7 iyun kuni "Yoshlar oyligi" doirasida IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining she’r, qo‘shiq va raqslarini namoyish qilishdi. Shu bilan birga sport o‘yinlarida ham qay darajada mahoratli, chaqqonliklarini sinovdan o‘tkazishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati