22 Mart 2021 yil 565

Yoshlar bir-birlariga adovat qilishmasin...

Jarqo'rg'on tumanida 2021 yilning 22 fevral kuni taxminan soat 22.00 lar chamasida, tumanning "soqchi" mahallasida yashovchi, fuqaro yu.T. va B.O'.ning oila a'zolari o'rtasida ilgaridan o'zaro adovat borligi natijasida o'zaro janjal qilib, uni qo'li bilan duch kelgan joyiga urib, "o'rtacha og'irlikda" shikast etkazgan. Mazkur holat yuzasidan 15 mart kuni yu.T.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Arzimagan narsalarning yoki gap so'zlarning ortidan oilalar o'rtasida adovat paydo bo'lishi, kelajak avlodning bir-biriga bo'ladigan mehr oqibatiga putur etkazishi shu voqeaning misolida ham ko'rishimiz mumkin. Azizlar shuning uchun bir birlaringiz bilan o'rtadagi mehr-oqibatni saqlangizlar, kelajak avlod bir-birlariga dushman ko'zlari bilan qarab ulg'aymasinlar!

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech