20 Mart 2020 yil 897

Yo'qotilgan sumka egasiga qaytarildi

Mamlakatimizda turizm sohasiga qaratilayotgan e'tibor yildan yilgan ortib borayotganligi bois, kirish turizmi bilan bir qatorda ichki turizm yo'nalishida ham bir-qator turizm namoyishi ob'ektlari va joylashtirish vositalari soni ko'payib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 mart kunidagi "transport va turizm ob'ektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-4229-son qarori asosida Surxandaryo viloyati IIBda xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tashkil etilgan bo'lib, hozirda viloyatimizning diqqatga sazovor va turizm namoyishi ob'ektlaridan Termiz tumanidagi "Al Hakim at-Termiziy" majmuasi hamda "Fayoztepa" va "Qoratepa" buddaviylik markazlariga, Sherobod tumanidagi "Iso at-Termiziy" majmuasiga, Termiz shahridagi "Arxeologiya" muzeyi hamda "Sanat saroyi" majmualariga 5 nafar mas'ul xodimlar biriktirilib, ushbu ob'ektlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarga qarshi kurashish, tashrif buyurayotgan turistlarning xavfsizligini ta'minlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Termiz shahri "Navbahor" ko'chasi 125-uyda yashovchi fuqaro Eraxmedova Jamila Baymatovna ham Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan "Arxeologiya" muzeyi majmuasini tomosha qilish maqsadida 2020 yil 17 mart kuni tashrif buyurgan bo'lib, tashrif davomida o'zining ehtiyotsizligi tufayli sumkasini ob'ekt hududida unutib qoldirib ketganligi sababli, ushbu buyumni shu hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimi leytenant A.Tagirov topib olgan.

Holat yuzasidan zudlik bilan ko'rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, fuqaro Eraxmedova Jamila Baymatovna "Arxeologiya" muzeyi majmuasida xizmat olib boruvchi A.Tagirovga kelib murojaat qilganligi bois, uning sumkasi va ichida bo'lgan barcha buyumlari o'z egasiga qaytarib berildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech