Yo'qolgan avtomashinani 22 kunda Ukrainadan topgan ustoz bugun e'zozda
... 1979 yilning bahori. Fuqaro Eshmatovning arizasiga binoan o'g'irlab ketilgan "Volga-21" rusumli mashinani Sho'rchi tuman Jinoyat qidiruv bo'limi rahbari Madamin Isoqov 22 kun ichida tezkor surishtiruv natijasida Ukraina davlatining Ximilnitskiy viloyati Pachapiniskiy tumanida yashovchi fuqaro tomonidan o'g'irlab ketganini aniqlab, egasiga qaytarib berdi.
31 yil Jinoyat qidiruv bo'limi rahbari bo'lib ishlagan, ko'plab shogirlarning sevimli ustozi Madamin Isoqov 26 yil avval pensiyaga chiqqan. Shunga qaramay hamon yoshlarga maslakdosh.
Tuman ichki ishlar bo'limi tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida ichki ishlar tizimida uzoq yillar mehnat qilgan bir guruh ustozlar taklif etildi. Mehridaryo ustozlarga tuman ichki ishlar bo'limi tomonidan sovg'alar ulashilib, bir piyola choy ustida maroqli suhbat qurishdi.