Yo'lovchi ayol o'g'irlik qildi
Termiz shahrida 2021 yilning 1 may kuni Qumqo'rg'on tumanida yashovchi, N.Shoxrux shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 25 aprel kuni soat 09.30 da, ikki nafar noma'lum shaxslar o'zining boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasiga shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasi A.Navoiy ko'chasida minib avtomashina o'rindig'ida turgan narxi 2.700.000 (ikki million etti yuz ming) so'mlik "VIVO" rusumli telefon apparati va 1 dona narxi 500.000 (besh yuz ming) so'mlik "Ralmi" nomli quloqchinlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Muzrobot tumanida yashovchi, N.Zebo sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 1 may kuni N.Zeboga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati