4 Iyun 2021 yil 489

Yo'ldan adashgan sayyohlarga xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan yordam ko'rsatildi

Kuni kecha viloyatimizga sayyohat qilish maqsadida kelgan germaniyalik Nico Christian hamda avstraliyalik Krystal Јeѕѕelar Termiz tumani hududida joylashgan "Sulton-Saodat" majmuasiga borib, u erda qadimiy yodgorlik majmualarini tomosha qilib, sayyohatini davom ettirishmoqchi bo'lganida yo'ldan adashib qolishadi. Yo'ldan adashganligini va yo'nalishni aniqlash uchun viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi navbatchilik qismiga qo'ng'iroq orqali murojaat qilishadi.
Shundan so'ng, xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi mas'ul xodimlari tomonidan murojaat tushgan joyiga zudlik bilan etib borib, xorijiy mehmonlarga viloyatimiz turistik salohiyatiga ega joylari haqida ma'lumot berishlari bilan birga, valyutasini almashtirishga ehtiyojlari borligi bo'yicha, ko'chalarda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug'ullanib yurgan fuqarolarga aldanib qolmasliklarini oldini olish maqsadida, to'g'ri yo'nalish ko'rsatilib, Termiz shahridagi karital BANK orqali o'zbek puliga almashtirilishiga amaliy yordam ko'rsatildi.
Germaniya fuqarosi Nico Christian va Avstraliya fuqarosi Krystal Јeѕѕelar Afg'oniston Islom Respublikasiga o'tib sayyohat qilish istagini bildirgani uchun Termiz shahridagi Afg'oniston Islom Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasiga kuzatib olib borilib, elchixona mas'ullari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirishlari bo'yicha tegishli yo'riqnomalar berilib, amaliy yordamlar ko'rsatildi.
Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi ish faoliyati hamda ishonch telefonlari aks ettirilgan bukletlar va xodimlarning shaxsiy uyali qo'l telefon raqamlari ikki davlatdan mamlakatimizga tashrif buyurgan sayyoh mehmonlarga taqdim qilganidan hamda ularga ko'rsatilgan yordamlardan mamnun ekanliklarini, o'zbek halqi haqiqatdan mehmondo'st halq ekanligidan minnatdorchiliklar izhor etishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech