30 Iyun 2020 yil
651
Yo'lda yurish - qoidaga rioya qilishni talab etadi, aks holda...
Angor tumanida 2020 yilning 25 iyun kuni taxminan soat 11.00 lar chamasida, tumanning "Qo'shtegirmon" mahallasi hududidan o'tuvchi 4R-102a avtomobil yo'lining 4 kilometrida, tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi N.B. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan yo'lni chapdan o'nga kesib o'tayotgan piyoda, tumanning "Qo'shtegirmon" mahallasida yashovchi voyaga etmagan M.Sh. ismli qizni turtib yuborgan. Natijada M.Sh. ismli voyaga etmagan qiz "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib kaslaxonaga yotqizilgan. 26 iyun kuni N.B.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati