Yo'l transport hodisasi odam o'limiga sabab bo'ldi
Sho'rchi tumanida 2020 yil 2 iyun kuni kasalxona xabariga ko'ra, shu kuni soat 13.50 da, tumanning "Egarchi" mahallasi hududidan o'tuvchi M-41 avtomobil yo'lining 1504 kilometrida, shu mahallada yashovchi M.A. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasini xujjatlarsiz "Denov-Sho'rchi" yo'nalishida boshqarib kelib yo'lni o'ng chetki qismida velosipedda harakatlanib ketayotgan, tumanning "Oqtumshuq" mahallasida yashagan X.G.ni turtib yuborgan. Natijada X.G. "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. 2 iyun kuni M.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hurmatli fuqarolar, shu o'rinda bir eslatma, avtoulovni harakatlantirishdan oldin avtoulovni boshqarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarning to'liqligiga hamda uning soz holatda ekanligiga ishonch hosil qiling!
Aks holda yuqoridagi holat kabi o'zingiz va o'zgalarning hayotini xavf ostiga qo'yishingiz, fojeaning qurboni yoki sababchisiga aylanib qolishingiz mumkinligini unutmang!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati