15 Iyun 2020 yil
650
Yo'l qoidasining buzilishi, inson o'limiga sabab bo'ldi
Uzun tumani "Mustaqillik" mahallasi hududidan o'tuvchi 4YA-101 avtomobil yo'lining 114 kilometirda, tumanning "uzun qishloq" mahallasida yashovchi yu.O. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan yo'lni chap tomonidan o'ng tomoniga velosipedda harakatlanib kesib o'tayotgan, tumanning "serharakat" mahallasida yashovchi, voyaga etmagan, maktab o'quvchisi bo'lgan A.R.ni turtib yuborgan. Natijada A.R. "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib uzun tumani kasalxonasining jonlantirish bo'limida vafot etgan. 12 iyun kuni yu.O.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati