Yo'l harakati xavfsizligi qoidasining buzilishi odam o'limiga sabab bo'ldi
Denov tumanida 2020 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 23.45 lar chamasida, tumanning "shamoli" mahallasi hududidan o'tuvchi M-41 avtomobil yo'lining 1496 kilometrida, tumanning "Guliston" mahallasida yashovchi Sh.Y. boshqaruvidagi Damas rusumli avtoulovi bilan qarama-qarshi yo'nalishiga chiqib ketib, ushbu yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, uzun tumani "Oqtumshuq" mahallasida yashovchi A.U. boshqaruvidagi zil rusumli avtoulovi bilan to'qnashgan. Natijada esa Damas avtoulovi haydovchisi Sh.Y. "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib, 16 iyun soat 16.30 da, kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan 16 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati