27 Iyun 2020 yil 672

Yo'l harakati xavfsizligi qoidasiga amal qiling!

Oltinsoy tumanida 2020 yilning 30 may kuni taxminan soat 21.00 lar chamasida, tumanning "Ekraz" mahallasi hududidan o'tuvchi mahalliy yo'lda, tumanning "Madaniyat" mahallasida yashovchi X.A. boshqaruvidagi Damas rusumli avtoulovi bilan qarama-qarshi yo'nalishiga chiqib ketib, ushbu yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, Denov tumani "Oqqo'rg'on" mahallasida yashovchi T.O'. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtoulovi bilan to'qnashgan. Natijada Damas avtoulovi yo'lovchisi A.Q. ismli ayol "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. 25 iyun kuni X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech