24 Iyun 2020 yil 625

Yo'l harakati qoidalari buzilishi natijasida...

Termiz shahrida 2020 yilning 13 iyun kuni taxminan soat 16.45 lar chamasida, shaharning "ma'rifat" mahallasi hududida, shaharning "Surxon sohili" mahallasida yashovchi R.M. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan harakatlanib kelib, shu yo'nalishda harakatlanib kelayotgan, shaharning "Mehrobod" mahallasida yashovchi M.A. boshqaruvidagi kobalt rusumli avtomashinasi bilan to'qnashgan.
Natijada kobalt avtomashinasi haydovchisi M.A. "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohatini olgan bo'lsa, uning yo'lovchisi, shaharning "Do'stlik" mahallasida yashovchi N.A. "engil" tan jarohati olishib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan 22 iyun kuni R.M.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech