Yig'ilishda voyaga etmagan va yoshlar orasida ma'naviy muhitni yanada yaxshilash masalasi ko'tarildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahar xalq ta'lim bo'limiga qarashli 11-sonli umumta'lim o'quvchilari va hamda ularning ota onalari ishtirokida "voyaga etmaganlar hamda yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish" "o'z joniga qast qilish holatlarini oldini olishga bag'ishlangan" uchrashuv yig'ilishi bo'lib o'tdi.
O'tkazilgan yig'ilishda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqaramasi xodimlari ishtirok etishdi, dastlab tergov boshqarmasi xodimi kapitan Sh.Rahimov so'zga chiqib bungungi kunda viloyatimiz hududida voyaga etmagan hamda yoshlar o'rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik ahvoli haqida ma'lumotlarga to'xtalib o'tib, sodir etilayotgan jinoyatlarda ota-onalarning ham ma'lum darajada aybi borligini, farzandlarining tarbiyasi uchun ko'proq vaqt ajratishlari to'g'risida o'z taklif va fikrlarini bildirib o'tdi.
Shundan so'ng boshqarma huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markazi psixologi katta leytenant M.Jo'raeva tomonidan voyaga etmaganlarning "yoshlar o'rtasida o'z joniga qasd qilish"ni oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi ma'naviy-tarbiyaviy ishlar ijtimoiy himoya bo'limi yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori katta leytenant B.A.Qurbonaliev, so'zida so'ngi yillarda mamlakatimizda yoshlarga yuksak darajada e'tibor qaratilayotligi, xususan 2021 yilning "yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda aholi salomatligini tiklash" yili deb e'lon qilinishi buning yana bir bor yorqin misoli ekanligini, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun shart-sharoitlar yaratilayotganligiga to'xtalib o'tdi.
Yig'ilish yakunida o'quvchi yoshlarning ota-onalari tomonidan fikr mulohazalar tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga mutaxassis xodimlar tomonidan etarlicha tushunchalar olishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati