28 Aprel 2021 yil 581

Yig'ilish qonuniylik va xizmat intizomiga bag'ishlandi

Joriy yilning 28 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari kapitan X.P.Nurmatov Jarqo'rg'on tuman IIB boshlig'i podpolkovnik B.M.Xidirov Jarqo'rg'on tumani IIB boshlig'ining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari mayor u.B.Chorievlar Jarqo'rg'on tumani IIBda xizmat qilayotgan 45 nafar yosh xodimlar va ularning ota-onalari hamda turmush o'rtoqlari ishtirokida yig'ilish o'tkazishdi.
Ushbu yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi "jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora tadbirlari to'g'risida"gi PF-6196-son Farmoni, 2021 yil 02 aprel kunidagi "ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son qarori, 2021 yil 15 aprel kunidagi "ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5076-son qarori, "jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5077-son Qarorining mazmun mohiyatini tushuntirib, ichki ishlar organlari xodimlariga yaratib berilayotgan shart sharoitlar oylik maoshlarining oshirilishi, boshqa tumandan kelib, oilasi bilan ijarada yashab xizmat o'tayotgan xodimlarga ichki ishlar vazirligi tomonidan ijara pullarini to'lab berilishi, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samaradorligini oshirish ilmiy-psixologik uslublarni maqsadli qo'llash orqali, ularning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini o'rganish masalalari, shaxsiy tarkibni rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarida ichki ishlar organlarining intizom ustavi talablariga qat'iy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, xodimlarning fuqarolar bilan muomalada bo'lgan vaqtida "ichki ishlar organlarining tashqi sohaviy xizmatlari faoliyatida axloq va muloqot madaniyati kodeksi"ga qat'iy amal qilishini, safimiz sofligini ta'minlash, xodimlarimizda qonuniylik va xizmat intizomiga itoatkorlik hissini kuchaytirish, tizimni nopok xodimlardan tozalashda murosasiz munosabatda bo'lish, shaxsiy tarkib o'rtasida korrupsiya illatiga qarshi immunitetni shakllantirish, ayniqsa yosh xodimlarga fuqarolar tomonidan jazodan qochish maqsadida pora berishga urinish holatlarini aniqlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, o'z xizmat vazifasiga vijdonan yondoshib, sadoqat bilan xizmat qilayotgan, tashabbuskor xodimlarni qo'llab-quvvatlash, ularni xizmat va unvon pog'onalarida o'sishlariga ko'maklashish orqali doimiy rag'batlantirish masalalariga alohida e'tibor berilishi aytib o'tildi.
Yig'ilishda tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi huquq tartibot maskani profilaktika inspektori leytenant Abdumurotov Iskandar Jo'ra o'g'lining otasi Qoraev Jo'ra Abdumurotovich so'zga chiqib, ichki ishlar organlari xodimlariga berilayotgan e'tibor yaratib berilayotgan shart sharoitlardan mamnun ekanligini bildirib, farzandi bilan elkama elka turib el tinchligi va farovonligi yo'lida xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga omadlar tiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokidagi uchrashuvlar vohaning boshqa hududlarida ham o'tkazilishi davom etadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech