24 Dekabr 2021 yil 431

"Yangi yil" bayram tadbirlarida fuqarolarning xavfsizligiga e'tibor kuchaytiriladi

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 17 dekabr kunidagi "Yangi yil" va "Prezident archasi" bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish davrida xavfsizlikni ta'minlash va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida, Qiziriq tuman hokimi I.Yusupov huzurida Qiziriq tuman IIB xodimlari o'rtasida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda, yangi yil shodiyonasini tinch va osoyishta o'tkazish, pirotexnika vositalari tarqalishining oldini olish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo'lish ularning xavfsizligini ta'minlash, yo'lda harakatlanganda hushyorlikni oshirib, yo'l harakati xavfsizligiga qat'iy amal qilish hamda xodimlar o'rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka qat'iy rioya qilish borasida so'z yuritildi.
Bunda asosiy e'tibor, bayram tadbirlari o'tkazilayotgan manzillarda fuqarolarning xavfsizligiga e'tibor kuchaytirilishi uqtirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech