7 May 2020 yil 775

Yangi bino: tuzalish yo'liga kirishiga umid bog'lashdi

Joriy yilning 6 may kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi patrul post va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun 60 o'ringa mo'ljalangan zamonaviy jihozlangan maxsus qabulxona yangi qurilib foydalanishga topshirildi.
Mazkur tadbirga Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.Ismoilov va tegishli davlat tashkiloti xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Qisqa fursatlarda qurilib foydalanishga topshirilgan mazkur ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash maxsus qabulxona zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan bo'lib, 5 ta kamera 24 nafar ayollarga hamda 7 ta kamera 36 nafar erkaklar uchun mo'ljallangan.
Ushbu binoda, oshxona, ovqat tarqatish xonasi, yuvinish xonasi, omborxona, dizenfektsiya qilish xonasi, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarning buyumlarini saqlash xonasi, tibbiyotxonasi, telefonda so'zlashuv xonasi, uchrashuv xonasi hamda binoning tashqi tomonida ikkita sayr qilish maydonlari tashkil etilgan.
Mazkur muasassa shart-sharoitlari bilan tanishganlar, huquqbuzarlik sodir etib kelgan shaxslar bu erda tarbiya topib tuzalish yo'liga kirishiga umid bog'lashdi, el koriga yaraydigan insonlar bo'lib chiqishlari uchun duolar qilishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech