2 Iyul 2020 yil 734

Yana bir oilaga himoya orderi berildi

Qumqo'rg'on tumani, "Xo'jaqishloq" mahallasida yashovchi fuqaro R.A. ismli ayol tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o'z murojaatida turmush o'rtog'i X.A. bir necha yillardan buyon unga va oila a'zolariga tinchlik bermasdan tazyiq o'tkazib kelayotganligi sababli turmush o'rtog'i X.A.dan himoyalanish maqsadida himoya orderi berishini so'ragan.
Fuqaro R.A. ismli ayolning murojaati tegishli tartibda o'rganib chiqilib, o'zi va farzandlariga himoya orderi berildi.
Fuqaro R.A. ismli ayolning turmush o'rtog'i X.A. bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, himoya orderi bo'yicha qo'yilgan talab va cheklovlar bo'yicha tegishli tushunchalar berib o'tildi.
Fuqarolarning gender tengligini ta'minlagan holda ayollarga nisbatan turli ko'rinishdagi qiynoq va tazyiqlarga barham berish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo'limi hamda quyi tizim xodimlari tomonidan kuchaytirilgan profilaktik ishlar amalga oshirilishi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech