21 May 2020 yil 756

Xurram bobo bir asrlik qutlug'yoshingiz muborak bo'lsin!

Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan ulug'Vatan urushi qatnashchisi, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilgan bugun tavallud ayyomining 100 yoshini qarshilagan iste'fodagi katta leytenant Xurram bobo Murtazoevning tug'ilgan kuni bilan muborakbod etish uchun urush faxriysining xonadonga tashrif buyurildi.
Farzandlari, nabiralari, evara va chevaralari qolaversa kasbdoshlari qurshovida o'zining bir asrlik umrini xushkayfiyatda nishonlayotgan Xurram bobo bugun ham o'zini yaxshi his qilgan holda barchaga o'zining yoshiga etishini, tinchlik va dorilomon kunlarning qadrini ulug'lashini bildirib, mehmonlarga minnatdorchilik bildirishdi.
Ulug'yoshni qarshi olgan urush faxriysi Xurram bobo Murtazoevga ichki ishlar rahbariyatining tavallud ayyomiga bag'ishlangan sovg'a salomlari topshirilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va barcha shaxsiy tarkibi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ichki ishlar organlari faxriysi iste'fodagi katta leytenant Xurram bobo Murtazoevning tavallud ayyomining 100 yoshi bilan muborakbod etadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech