9 May 2021 yil 621

Xotira - abadiy, qadr - muqaddas

Joriy yilning 8 may kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida 9 may – "Xotira va qadrlash kuni" hamda fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 76 yilligi munosabati bilan "Xotira - abadiy, qadr - muqaddas" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi unda ishtirokchilar tomonidan ikkinchi jahon urushida halok bo'lganlar xotirlandi. Jasoratlari e'tirof etildi. Shu bilan birga mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan harbiy xizmatchilarga hurmat bajo keltirildi. Shundan so'ng lisey o'quvchilar tomonidan urush davrini aks ettiruvchi sahnalashtirilgan chiqishlar va jarangvor kuy qo'shiqlar ijro etildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech