18 Mart 2022 yil
397
Xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilanmoqda
Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, surxondaryo viloyatiga tashrif buyuruvchi Xorijiy hamda mahalliy sayyohlarga hushmuomalada xizmat ko‘rsatish va sayyohlar bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday noqonuniy holatlarni oldini olish maqsadida, viloyat hududidagi turizm namoyishi ob’ektlarida xizmat olib boruvchi ishchi xizmatchilar, yo‘lovchi tashuvchi taksi haydovchilari o‘rtasida tegishli profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Endilikda, Xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish yanada yaxshilanishi maqsadida, Turizm namoyishi obektlarida "Tourist police" ko‘chma butkalar o‘rnatilib xorijiy tillarda mukammal so‘zlashadigan xodimlar bilan jamlanib tashrif buyuruvchi sayyohlarga zarur bo‘lgan hollarda yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Ularga nisbatan biror-bir ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lganida xodimlarga zudlik bilan xabar berishlari uchun viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining manzili, navbatchilik qismi telefon raqamlari ko‘rsatilgan bukletlar tarqatilib, huquqiy tushunchalar berib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati