14 Avgust 2021 yil 507

Xorijga o'qishga kiritishni va'da qilgan firibgarga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Termiz shahrida 2021 yil 3 avgust kuni, Sherobod tumani "Oqtepa" mahallasida yashovchi, J.Islom Termiz shahar 1-son IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2018 yil aprel oyida, tanishi, Termiz shahrida yashovchi, K.Xushnud ishonchiga kirib, uni Koreya Respublikasidagi oliy ta'lim muassasiga o'qishga kiritishni va'da berib, 3.700 (uch ming etti yuz) AQSh dollarini olib, o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 3 avgust kuni K.Xushnudga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech