Xonadondan o'g'irlangan televizor o'g'risi aniqlandi
Termiz shahrida 2021 yil 14 oktabr kuni, shaharning "Amu sohillari" mahallasida yashovchi, T.Bobur (ism shariflar o'zgartirilgan) viloyat IIB "102" xizmatiga qilgan murojaatida, 12 oktabr kuni soat 15.00 larda, noma'lum shaxslar yashash uyidan 2.300.000 (ikki million uch yuz ming) so'mlik "Shivaki" nomli 43 dioganallik televizorini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Termiz shahrida yashovchi, Sh.Sarvqomat sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 19 oktabr kuni Sh.Sarvqomatga nisbatan O'zbekison Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati