4 Iyul 2021 yil 560

Xo'jalik tomorqasidan etti tup nasha aniqlandi

Denov tumanida 2021 yil 12 iyun kuni soat 13.00 larda, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "quyoshli yurt" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, M.Abduxoshimning yashash uyi va yordamchi ho'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, tomorqasiga 7 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 19 iyun kuni M.Abduxoshimga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech